Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 11.11.2023 00:51:25Qadrli konchilar!
Koʻmir sanoati sohasi xodimlari kasaba uyushmalari faollari!
Siz azizlarni, siz orqali kasaba uyushmalarimizning minglab aʼzolarini bugun nishonlanayotgan bayram – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga cheksiz hurmat va ezgu tilaklarimni bildirishdan bagʻoyat xursandman.
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatimizning filiallarida 6 000 nafardan ziyod xodim va 100 ga yaqin kasaba uyushmalari xodimlari hamda faollari samarali mehnat qilib kelmoqda.
Yurtimizda soʻnggi besh yilda kasaba uyushmalari tizimida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga koʻtarildi.
Bunga yaqqol misol sifatida korxonamizda ham har bir ishchi va xizmatchini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga sarflanadigan oʻrtacha mablagʻ miqdori muntazam oshirilib kelinmoqda.
Birgina 2023 yilda “Koinot” sogʻlomlashtirish oromgohida 1000 ga yaqin oʻgʻil-qizning yozgi taʼtil davrida dam olishlari tashkil etilgani bu boradagi ishlar koʻlamining kengligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila aʼzolari, keksa avlod vakillari va ehtiyojmand oilalar aʼzolarining respublikamizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlari tashkil qilindi.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning ijtimoiy mehnat huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish bugun oldimizda turgan eng pirovard vazifadir!
Maʼlumki, biz oʻz oldimizga Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek buyuk vazifani strategik maqsad qilib qoʻydik. Shu bilan birga, korxona va tashkilotlarda xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini taʼminlash tizimini yanada kuchaytirishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Barchangizni sana – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, isteʼmrolchilarni qattiq yonilgʻi bilan taʼminlashdek masʼuliyatli va olijanob ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Abdunosir Qayumov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish