Aholiga ko‘mir mahsuloti omborlarda grafik asosida tarqatiladi
Nashr qilingan sana: 26.09.2023 09:00:20Respublika aholisi mahalliy ko‘mir mahsulotini o‘zlari yashab turgan MFYlarga biriktirilgan hududiy ko‘mir ombrlari orqali xarid qiladi. Xaridorlar sun’iy navbatlar yuzaga kelmasligi uchun mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida haftaning belgilangan kunlari omborga borishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqda Xonqa tumani Madir qishlog‘ida joylashgan ko‘mir omborida yuzaga kelgan navbat aks etgan, ombor xodimlari tomonidan yoqilg‘i tarqatish paytida tanish-bilishchilik qilinayotgani aytilgan videolavhalar tarqaldi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyat filiali rahbari K.Jumaniyozovning yozma xabar qilishicha, holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, masala joyiga chiqib o‘rganilganida quyidagilar aniqlandi:
Xonqa ko‘mir ombori tumandagi 25 MFY aholisi biriktirilgan bo‘lib, joriy yilning 25 sentyabr kuni bu yerga uch vagonda jami 208 tonna ko‘mir yoqilg‘isi kirim qilingan. Ushbu yoqilg‘i mahsulotini shu kuni grafik asosida Guliston MFY, Paxtagul MFY, Qaramazi MFYlarning aholisiga tarqatish rejalashtirilgan (Guliston MFYda 430 ta xonadonning, Paxtagul MFYda 320, Qaramazli MFYda 980 xonadonning ko‘mirga ehtiyoji mavjud). Ammo 25 sentyabr kuni omborga tumandagi aksariyat mahallalardan aholi kelishi natijasida katta navbat hosil bo‘lgan.
Shu kuni ko‘mir tarqatish jarayonini tartibga solish uchun navbatga qo‘yish tashkillashtirilgan. Ammo ayrim xususiy yuk avtotransporti haydovchilari tomonidan navbat talashish, ombor hududiga navbatni buzib kirish oqibatida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
Ishchi guruhi tomonidan omborda sun’iy navbatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha MFYlar bilan ish olib borish lozimligi xususida ombor mudiri S.Safarov va xodimlar ogohlantirildi. Ayni paytda MFY faollari hamda aholiga ko‘mir xarid qilishda o‘rnatilgan qat’iy grafikka amal qilishlari muhimdir.
Ma’lumot uchun, Xonqa tumanida 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun aholi xonadonlarini 12 ming 200 tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi bilan rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 1 ming 110 xonadonga 1 ming 494 tonna mahalliy ko‘mir tarqatilgan.
Tabiiyki, aholi xonadonlariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qoldiq 10 706 tonna ko‘mir yoqilg‘isini bir kunda olib kelib vagonlardan tushirish va tarqatish imkonsiz. Sun’iy navbatlarning oldini olish uchun aholi iste’molchilari omborga o‘rnatilgan qat’iy grafik asosida kelishi so‘raladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish