"Koinot" oromgohi bolajonlarning sevimli maskani
Nashr qilingan sana: 12.07.2023 07:51:38“O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi, Ohangaron tumani tog‘li Chetsuv qishlog‘ida joylashgan “Koinot” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi mavsumning 2-navbatini yakunladi.
‒ Ikkinchi navbatda konchilarning 268 nafar farzandi yayrab dam oldi. O‘n ikki kun davom etgan hordiq kunlari o‘g‘il-qizlar har kuni ishni badantarbiyadan boshlab, kun bo‘yi turli to‘garaklar mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalarida qatnashdilar. Kichik olimpiada g‘olibi bo‘lib, munosib taqdirlandilar. “Koinot”da 3-navbat dam oluvchilarini 14 iyul kuni qabul qilib olamiz, ‒ deydi oromgoh boshlig‘i Dilfuza Normuratova.
D.Normuratova Angren shahridagi 22-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlash bilan birga mana 25 yildan buyon “Koinot” BSOda dastlab tarbiyachilik qilgan, keyinchalik bosh yetakchi, bosh tarbiyachi bo‘lib keldi. Mana, uchinchi yildirki, oromgoh rahbari.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish