“Koinot” oromgohida har bir kun mazmunli va qiziqarli o‘tmoqda
Nashr qilingan sana: 08.07.2026 13:20:08
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi dam olish mavsumi mazmunli tadbirlarga boy tarzda davom etmoqda.
Oromgohda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash maqsadida muntazam ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir doirasida bolajonlar uchun kitoblar taqdimoti tashkil etildi. Taqdimotda badiiy, ma’rifiy va ertak kitoblari bilan tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga mehr uyg‘otish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, oromgohdagi suv havzasida tashkil etilgan sport va ko‘ngilochar o‘yinlar ham bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Turli estafeta musobaqalari, jamoaviy o‘yinlar va suzish mashg‘ulotlari orqali bolalar jismoniy chiniqish, jamoada ishlash va do‘stlik fazilatlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Barcha mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar nazorati ostida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.
Joriy yozgi mavsumda “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida to‘rt navbat davomida qariyb 1 000 nafar bolaning mazmunli dam olishi va sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan oromgohda bolalarning xavfsiz, mazmunli va unutilmas yozgi ta’tili uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Oxirgi yangiliklar:
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish
Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalg...
O'qish