Koʻmirni talon-taroj qilganlar ushlandi
Nashr qilingan sana: 12.11.2023 05:12:31“Koʻmir taʼminot” MCHJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tuman koʻmir ombor mudiri SH.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan 362,3 mln. soʻmlik 1.220,0 tonna, shu kabi, Buloqboshi tuman koʻmir ombor mudiri S.N. 178,3 mln. soʻmlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman koʻmir ombor mudiri Y.YU. 421,7 mln. soʻmlik 1.419,9 tonna koʻmirlarni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari SH.B., S.N., va Y.YU. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda deyiladi Andijon viloyati prokuraturasi xabarida.
https://t.me/andijonprokuraturasi/4717?single
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish