Koorupsiyaga yoʻl yoʻq!
Nashr qilingan sana: 04.04.2023 06:14:59"Avtomobil va texnologik transporti" filialida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligining reyting baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora tadbirlar va "Aksilkorrupsiya haftaligi" doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Filial boshligʻi A.Smagulov raisligida oʻtkazilgan tadbirda bosh muhandis R.Kandaxarov, ekspluatatsiya boʻyicha filial boshligʻi oʻrinbosari Gʻ.Matkasimov, bosh buxgalter N.Xoldibekova, kadrlar boʻlimi boshligʻi B.Qurbonkulova, mehnat va ish haqi boʻlimi boshligʻi U.Abdusalomov, ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi A.Nazirov, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻlimi boshligʻi S.Shamirov, filiali kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Ahmataliyev hamda barcha avtobaza va kolonna boshliqlari ishtirok etdi.
Filial boshligʻi A.S.Smagulov tadbirda soʻzga chiqib, "Oʻzbekkoʻmir" AJning "Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqish zarurati hamda aksilkorrupsiya haftaligi doirasida "Ochiq eshiklar kuni oʻtkazishning ahamiyati haqida tushunchalar berib oʻtdi, ayni paytda korrupsiyaviy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligini alohida taʼkidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi №PQ-81-sonli qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga yetkazildi hamda ushbu hujjatda belgilab berilgan vazifalar belgilab olindi.
Barcha avtobaza, boʻlim va boʻlinma boshliqlariga korrupsiyaviy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularni oqibatlari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi toʻgʻrisida kunlik naryadlarda, yigʻilishlarda va boshqa tadbirlarda doimiy ravishda maʼlumot berib borish vazifasi topshirildi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish