OʻQUV-SEMINARI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINING SAMARADORLIGINI REYTING BAHOLASH TIZIMI
Nashr qilingan sana: 02.12.2022 03:08:33Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qator qonun hujjatlari qabul qilindi, davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qator standartlarni oʻz faoliyatiga joriy etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Biroq, ushbu vazifalarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilish sifatiga baho beruvchi, monitoringini olib boruvchi tizim mavjud emas edi. Qonunchilikdagi mazkur boʻshliqqa barham berish maqsadida 2022 yil 12 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 2 dekabr kuni "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida mazkur hukumat qaroridan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi.
Jamiyatning komplayens nazorat xizmati tomonidan tashkil etilgan tadbirda jamiyatning markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni jamiyat komplayens nazorat xizmati rahbari E.Amanov olib bordi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi komplayens nazorat xizmati rahbari Daler Temirov Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Seminar yigʻilishda mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan aniq vazifa va topshiriqlar muhokama qilindi.
Yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Neʻmat Dushayev,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati rahbari
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish