Lotin alifbosida o'qish va yozishga tayyormisiz?
Nashr qilingan sana: 25.11.2022 05:40:592023 yilning 1 yanvaridan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida jamiyat bosh direktorining 31.10.2022 yildagi №23-PP raqamli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruqqa ko‘ra jamiyatda ish yuritishni bosqichma-bosqich lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazishni ta‘minlash bo‘yicha Ishchi guruhi tarkibi hamda YO‘L XАRITАSI tasdiqlandi.
Аyni chog‘da jamiyatda peshlavhalar, ichki va tashqi yozuvlar, shuningdek ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari lotin alifbosiga o‘tkazilmoqda. Ish yuritish hamda idoralararo yozishmalarda ham eksperiment tariqasida lotin yozuvidan foydalanilmoqda.
Jamiyatning internetdagi rasmiy veb-sayti, shuningdek ijtimoiy tamoqlardagi sahifalarida ham ma‘lumotlar lotin alifbosida berila boshlandi. Soxaviy nashr ‒ “Oʻzbekko‘mir” gazetasidagi materiallar eksperiment tariqasida kirill alifbosi bilan birga lotin alifbosida ham joylashtirilmoqda.
Xodimlarning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan shartnoma (№ 963/2022-TOSH) tuzilgan bo‘lib, ayni kunlarda xodimlar qayta o‘qitilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish