Malaka oshirishga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari boshlandi
Nashr qilingan sana: 13.02.2023 06:01:25"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida "Kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish" boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
"YURIST VA KADR" nodavlat taʼlim muassasasi oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlarda jamiyat tarkibidagi barcha filiallarning xodimlar bilan ishlash boʻlimi xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Personallarni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshligʻi N.M.Yuldashevaning maʼlumot berishicha, oʻquv kursi oʻttiz olti soatlik oʻquv dasturi asosida 2 hafta davom etadi. Bugun, mashgʻulotlarning birinchi kunida tinglovchilar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar xususida maʼruzalar tingladilar.
Kunning ikkinchi yarmida mashgʻulotlar ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar mavzusi boʻyicha davom etmoqda.
Olti kunga moʻljallangan oʻquv mashgʻulotlarida xodimlar boʻlimlari mutaxassislarining mehnat qonunchiligidagi yangiliklar boʻyicha malakasi oshiriladi.
Oʻquv yakuniga koʻra tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish