Mangu xotirangiz oldida ta’zimdamiz, mard o‘g‘lonlar!
Nashr qilingan sana: 09.05.2024 06:40:47Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar Xotira huyobonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o'tkazildi. Ushbu tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori V.V.Kuznetsov boshchiligida korxona jamoasi vakillari ham ishtirok etdi.

Ikkinchi jahon ururi insoniyat boshiga og‘ir kulfatlar keltirgan, misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli muhoraba sifatida tarixga kirgan. O‘zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941-1945 yillari front va front orti mehnat maydonlarida faol ishtirok etib, buyuk Gʻalabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi.
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6 million 551 ming aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1 million 950 ming 700 nafar yurtdoshimiz janglarda bevosita ishtirok etdi. Ayovsiz urushdan omon qaytish nasib etgan 1 million 54 ming 298 nafar yurtdoshimizning 870 ming 942 nafari yaralangan va nogiron edilar.
Urushdan 896 ming 402 nafar yurtdoshimiz qaytmadi. Ulardan 538 ming 366 nafari jang maydonlarida halok bo‘lgan, 150 ming nafari dushmanga asir tushgan, 50 ming nafari konsentrasion lagerlardan omon chiqmagan, 158 ming 36 nafari bedarak ketgan. Ular orasida angrenliklar ham bor.
Biz Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etib, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida ta’zim qilamiz.



Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish