Mehnat yarmarkasi: malakali mutaxassislarga ish bor
Nashr qilingan sana: 14.06.2024 03:01:27Ayni damlarda Angren shahridagi “shlar bog‘i”da bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Yarmarkada “O‘zbekko‘mir” AJ jamiyati ham ish beruvchi sifatida faol qatnashmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatida bugungi kunda turli kasb egalaridan iborat olti ming nafardan kishi mehnat qilmoqda. Korxona tarkibida 11 filial bo‘lib, ularda malakali mutaxassislar, ayniqsa, yangi keltirilgan og‘ir yuk tashuvchi kon texnikalari haydovchilariga talab yuqori. Shuningdek, yuristkonsultdan tortib kon ekskavator mashinistigacha, gaz elektr payvandchidan tortib, tibbiyot hamshirasigacha, jami 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Jamiyat ijro apparati Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi va filiallardagi xodimlar bo‘limlari mutasaddilari har bir murojaat etuvchi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazib, ko‘mir sanoati korxonalariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar berishmoqda.
Talabgorlar o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun korxonamizning rasmiy veb-sayti orqali onlayn hujjat topshirib, malaka sinov imtihonlaridan o‘tganlaridan so‘ng ishga qabul qilinadi.
Izohlar
Shodiyev Bunyod Nomozboy ogli
23.11.2024 06:15:38Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish