Mehnatni qadrlash va huquqni himoya qilish kuni
Nashr qilingan sana: 11.11.2025 09:11:17Hurmatli hamkasblar va faol kasaba uyushma a’zolari!
Sizlarni Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11- noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Bu sana nafaqat kasaba uyushmalarining boy tarixi va uzluksiz faoliyati, balki mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat hamda mehnat sharafini mustahkamlash kunidir.
“O‘zbekko‘mir” AJ bugungi kunda respublika ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘mir qazib olish va uni yetkazib berish hajmlarini izchil ravishda oshirib bormoqda. Konchi mehnatkashlarining fidokorona mehnati mashaqqatli, ammo sharaflidir. Shu bois ularning mehnatini qadrlash, munosib ish va dam olish sharoitlarini yaratish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jamiyatimiz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatda xodimlarning kasbiy va malakaviy rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, ularning moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi, malaka oshirish hamda sog‘lomlashtirish ishlari muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Filiallarimizdagi kasaba uyushmalari xodimlar manfaatlarini himoya qilish, “Jamoa shartnomasi” bandlarini amalga oshirish va mehnat jamoasida sog‘lom muhitni saqlashda faol ishtirok etmoqda.
Ustoz-shogird an’analari izchil davom ettirilib, yangi avlod mutaxassislari tayyorlanmoqda. Bu nafaqat mehnat samaradorligini oshirishga, balki xodimlar hayotini mazmunli va sermahsul qilishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining inson manfaatlariga qaratilgan siyosat va ye’tibori kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirish hamda mehnatkashlarning huquqlarini himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda kasaba uyushmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun ham kasaba uyushmalarga birlashish huquqini ta’minlash va ular faoliyatiga aralashmaslik siyosati izchil davom ettirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, qabul qilinayotgan davlat dasturlari va jamoa shartnomalari asosida ish beruvchi bilan hamkorlikda mehnat jamoalarining har bir a’zosi hamda ularning oilalari manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar – “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaga hamohang bo‘lib, Yangi O‘zbekiston islohotlarining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barchangizni Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaymiz! Sizlarga mehnatdagi yangi yutuqlar, sog‘lik, omad va baxt tilaymiz.
Abdunosir Qayumov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish