Milliy armiyamiz – tinchligimiz kafolati
Nashr qilingan sana: 10.01.2023 03:05:30
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati "Qurilish-montaj ishlari" filiali majlislar zalida 14 yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab mehnat faxriylari, korxona yoshlari va baynalmilal jangchilar ishtirokida tadbir oʻtkazildi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov tadbirni ochib berar ekan, yigʻilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklab, barchaga sogʻlik, uzoq umr, oilada baxt, mehnatda muvaffaqiyatlar tiladi.
Armiya har qanday davlatning tayanchi, tayanchi, xalq tinchligi, baxtu saodati va farovonligi qoʻriqchisidir va bunday sharaf salomatligi mustahkam, ishda va jamoat tadbirlarida faol, oilada toʻkis odamlarga nasib etadi. Har doim tinchlik va farovonlik barchamiz uchun zarur va bunday tinchlikni bizning harbiylarimiz, qolaversa barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, oʻzaro totuvlikda taʼminlaymiz. Zero, otalar jasorati ‒ farzandlar, yosh avlo va yoshlar uchun merosdir.
Oʻzbekiston armiyasi oʻzining harbiy texnikasi va jangovar mahorati boʻyicha dunyoda 62-oʻrinda, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa birinchi, sharafli oʻrinda turadi. Bu nafaqat Vatanimiz Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan yigitlar, balki shuningdek, har bir yurtdoshimizga alohida faxr bagʻishlaydi. Armiya safida xizmat qilish yigitlar qalbida vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga shaylik tuygʻularini singdirish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Tadbirda soʻz olgan "Angren koʻmir koni" filiali ijrochi direktori Aleksandr Korchagin, "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiali rahbari Erkin Ergashev va boshqalar ana shular haqida alohida taʼkidlashar ekan, ular minbardan turib jamiyat korxonalarida mehnat qilayotgan baynalmilal jangchilar va barcha jamoadoshlarini bayram bilan qizgʻin muborakbod etdilar.
Koʻmir sanoati korxonalarining bir guruh xodimlariga, jumladan, afgʻon urushi faxriylari esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir doirasida respublika sanʼat ustalari ishtirokida bayram konsert dasturi namoyish qilindi.
Diana ANDREYEVA
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish