Mustaqillik bayramini munosib o'tkazish, ishchi xodimlarni rag'batlantirish
Nashr qilingan sana: 24.08.2023 00:41:15"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan jamiyat ishchi-xodimlariga bir martalik mukofot puli toʻlash to'g'risidagi buyruqqa imzo chekdi
Buyruqqa koʻra, "Oʻzbekkoʻmir" AJ va Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasining 2023-yil 24-avgustdagi 32-sonli qoʻshma qaroriga asosan, mustaqillik bayramini munosib kutib olish va ishchi-xizmatchilarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishchi-xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqi (980 000 soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Bundan tashqari qarorda:
- kam ta'minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, yolg‘iz qolgan keksalarga oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish;
- respublikamizning tarixiy shaharlaridagi ziyoratgohlarga, diqqatga sazovor joylarga sayoxatlar uyushtirish;
- jamiyat filiallari ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish o'rin olgan.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Matbuot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish