Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni nishonlanmoqda
Nashr qilingan sana: 18.10.2023 05:38:01Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni nishonlanmoqda
Bugun, 18-oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun arafasida korxonamizda ushbu bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.
Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘ldi. Mana shu davr mobaynida o‘zbek tilining haqiqiy jozibasi, uning go‘zalligini dunyoga tanitish uchun qanday ishlar amalga oshirildi?
"O’zbekko’mir" AJning Qurilish-montaj ishlari filiali tadbirlar zalida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.
Unda O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibadorligi, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A. Sultonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqiy teatri artisti Qobilbek Umirov oʻzining badiiy chiqishlari bilan bayramona kayfiyat bagʻishladi. Bayram tadbiridan soʻng "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi sanʼatkorlari taqdim etadigan bayram konserti taqdim etildi.
Fursatdan foydalanib, ko'mir sanoati mehnatkashlarini bayram bilan samimiy muborakbod etamiz.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish