"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 27.05.2026 20:05:24Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar!
Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon hayiti bayrami bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Qurbon hayiti azaldan xalqimizning mehr-oqibat, saxovatpeshalik, insonparvarlik va bag‘rikenglik kabi yuksak qadriyatlarini o‘zida mujassam etib kelayotgan muqaddas bayramdir. Ushbu muborak ayyom insonlarni ezgulikka undab, qalblarda shukronalik, bir-biriga mehr va e’tibor tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 6 mingdan ortiq fidoyi ishchi-xodimlari mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, energetika xavfsizligi hamda xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida sharaf bilan mehnat qilmoqda. Ayniqsa, konchilikdek mashaqqatli va mas’uliyatli sohada faoliyat yuritayotgan siz azizlarning zahmatli mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz va fidokorligingiz har qanday yuksak e’tirofga loyiqdir.
Korxonamiz jamoasi o‘zining birdamligi, hamjihatligi va mustahkam jamoaviy ruhi bilan yurtimiz sanoatining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Sizlarning halol va sharafli mehnatingiz tufayli “O‘zbekko‘mir” AJ bugungi kunda mamlakatimizdagi yirik va nufuzli korxonalardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Muqaddas Qurbon hayiti kunlarida har bir oilaga fayzu baraka, qut va shodlik kirib borsin. Xonadonlaringizda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat va ahillik doimo hukm sursin. Farzandlaringiz kamolini, mehnatingiz samarasini ko‘rib, el-yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib yuring.
Yaratganning o‘zi qilayotgan barcha ezgu amallaringizni, xayrli niyatlaringizni va duoyu ibodatlaringizni dargohida qabul aylasin. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning farovon va baxtli hayoti bardavom bo‘lsin.
Qadrli hamkasblar!
Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi — sizlarning mehnat huquqlaringizni himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Sizlarning salomatligingiz, xavfsiz mehnatingiz va oilaviy farovonligingiz doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.
Ishonamizki, sizlarning yuksak mas’uliyat, kasbga sadoqat va Vatanga muhabbat bilan qilayotgan mehnatingiz kelgusida ham korxonamiz taraqqiyoti va yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladi.
Yana bir bor barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Ushbu ulug‘ ayyom har bir xonadonga quvonch, fayzu baraka, sog‘lik va baxt olib kelsin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Abdunosir Qayumov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslagim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish