“O‘zbekko‘mir” AJ: Ochiqlik indeksida “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichi qayd etildi
Nashr qilingan sana: 25.04.2025 09:57:23O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksida “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksini e’lon qildi (https://index.aca.uz/rating).
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 2023-yildagi ko‘rsatkichga (64,7) nisbatan sezilarli o‘sishga erishib, 71,8 ball bilan ilk bor “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi va eng yaxshi baholangan davlat organlari va tashkilotlari qatoridan o‘rin egalladi.
Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish