Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi
Nashr qilingan sana: 21.07.2026 13:39:592026-yil 22-iyul kuni soat 15:00da “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yilligi yakunlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida jamiyatda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Brifing Angren shahridagi “Angren ko‘mir koni” filiali Markaziy dispetcherlik markazida o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, internet nashrlari jurnalistlari hamda blogerlarni ishtirok etishga taklif qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998) 78 150 39 80
(+998) 78 150 39 89
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ommaviy sport: sog‘lom jamoa – yuksak natijalar garovi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siy...
O'qish
Xitoylik mutaxassislar va talabalar “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati bilan tanishdi
2026-yil 17-iyul kuni Xitoy konchilik va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. Toshkent davla...
O'qish
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish