Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
Nashr qilingan sana: 13.07.2026 18:04:442026-yil 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy xomashyo bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqida Prezident matuot kotibi xabar qildi.
Yig‘ilishda qora metallurgiya iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri ekani ta’kidlandi. Qurilish, mashinasozlik, avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika va boshqa sanoat yo‘nalishlarining barqaror rivojlanishi aynan ushbu tarmoq mahsulotlariga bog‘liqligi qayd etildi.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda metall mahsulotlariga bo‘lgan talab uch barobar oshib, 5,5 million tonnaga yetgan. Kelgusi besh yilda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi hisobiga bu ko‘rsatkich 2030 yilga borib 8 million tonnadan oshishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan qora metallurgiyaning xomashyo bazasini kengaytirish, «Surun-ota» va «Tebinbuloq» konlarini o‘zlashtirish ishlarini jadallashtirish, temir rudasi zaxiralarini ko‘paytirish hamda geologiya-qidiruv ishlarida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda tarmoqni raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qora metall aylanmasini to‘liq raqamli nazoratga olish, 1 avgustdan «E-lom» elektron platformasini ishga tushirish hamda metall mahsulotlari bozorini muntazam tahlil qilib boruvchi loyiha ofisini tashkil etish vazifalari belgilandi.
Mahalliylashtirish darajasini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, jumladan choksiz quvurlar, sovuq prokat, yuqori aniqlikda ishlov berilgan metall buyumlari va 3D texnologiyalari asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya sarfini qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va texnologik yo‘qotishlarni kamaytirishda raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan keng foydalanish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Yig‘ilishda Bekobod metallurgiya kombinati hududida «O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki», qora metallurgiya sohasi uchun ilmiy-tadqiqot (R&D) markazi va xalqaro sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axborotlari tinglanib, qora metallurgiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
2026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi osti...
O'qish
1–30-iyul kunlari “Dolzarb 30 kun” profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda
“Dolzarb 30 kun” profilaktika oyligi davom etmoqda “O‘zbekko‘mir” AJda ishlab chiqarish obyektlarida sanoat va yong‘in xavfsizligini mustahkamlash, favqulodda vaz...
O'qish