Rejali-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 06.05.2026 17:15:32

“O‘zbekko‘mir” AJning “Transport” filialida 2-alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi ishtirokida navbatdagi rejali-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarga vzvod komandiri yordamchisi Abror Ismailov rahbarlik qildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi xodimlari, filial uchastkasining ishchilari hamda tez tibbiy yordam xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv jarayonini “O‘zbekko‘mir” AJ fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Inoyatov, “Transport” filiali FVB xodimi Ulug‘bek Ergashev, harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandiri yordamchisi Abror Ismailov, “Transport” filiali bosh muhandisi Kayrat Kusainov va boshqalar kuzatib borishdi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, baxtsiz hodisa natijasida jabrlangan ikki nafar fuqaroni qutqarish, ularga tezkor birinchi yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni bartaraf etish vazifalari bajarildi.
Qutqaruvchilar harakati muvofiqlashgan holda amalga oshirildi: jabrlanuvchilar tibbiy zabillarda olib chiqildi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va tez yordam xodimlariga topshirildi. Yong‘in o‘chiruvchilar esa yong‘in o‘chog‘ini muvaffaqiyatli bartaraf etdi.
Abror Ismailovning ta’kidlashicha, qutqaruvchilar faoliyatida tibbiy va jismoniy tayyorgarlik ustuvor ahamiyatga ega. Yil davomida sanoat hududlarida muntazam ravishda shunday mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishchi-xizmatchilarga xavfsizlik qoidalari tushuntirib boriladi.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish