Samarqand viloyatida aholiga koʻmir tarqatish qanday bormoqda?
Nashr qilingan sana: 09.12.2022 07:01:29Bugun aholining energiya resurslariga talabi har qachongidan ham ortgan. Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotidagi muammolar sabab yurtdoshlarimizning suyultirilgan gaz va koʻmirga ehtiyoji koʻpaygan.
"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filialidan maʼlum qilishlaricha, viloyatning 809 mahallasidagi 498 mingdan ortiq xonadon suyultirilgan gaz oladi. Bugungi sovuq kunlarda filialga qarashli 6 ta va 2 ta xususiy gaz toʻldirish shoxobchasi orqali har kuni oʻrtacha 250 tonna suyultirilgan gaz aholiga tarqatilmoqda. Buning uchun 100 dan ortiq transport vositasidan samarali foydalanilmoqda.

"Koʻmir taʼminot" masʼuliyati cheklangan jamiyati Samarqand filiali tomonidan esa viloyatning gazlashtirilmagan hududlarida yashovchi aholiga mahallalarning buyurtmasi asosida koʻmir mahsulotlari tarqatilmoqda.

– Bu yilgi mavsumda viloyat boʻyicha ijtimoiy soha muassasalariga 46 ming 940 tonna, aholiga esa 118 ming tonna koʻmir yetkazib berishimiz kerak, – deydi "Koʻmir taʼminot" MCHJ Samarqand filiali rahbari Sayfiddin Jumanov. – Ijtimoiy soha muassasalari shu yilning may-iyun oylarida zarur miqdorda koʻmir bilan taʼminlandi. SENTABR oyidan buyon temiryoʻl stansiyalarida joylashgan 8 ta ombor hamda Qoʻshrabot va Urgut tumanlaridagi 4 ta savdo shoxobchamiz orqali aholiga koʻmir mahsulotlari tarqatilmoqda. Buning uchun hokimliklar tomonidan mahallalar kesimida roʻyxat va buyurtmalar shakllantirilgan. Ushbu roʻyxat asosida isteʼmolchilarga koʻmirning bir tonnasi 300 ming 300 soʻmdan berilmoqda. Shu paytgacha keltirib tarqatilgan koʻmirning miqdori 67 ming tonnadan oshdi. Jumladan, viloyatimizning olis hududlari aholisiga 19191 tonna, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti ogʻir mahallalarga 17209 tonna koʻmir yetkazib berildi. Bugungi kun holatida omborlarimizda 2589 tonna koʻmir bor va tumanlarga tarqatilyapti. Erta-indin yana 3450 tonna koʻmir keltiriladi. Yil yakuniga qadar belgilangan miqdorda koʻmir olib kelinib, isteʼmolchilarga yetkazib beriladi.
Gʻ.HASANOV, OʻzA
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish