SAMARQAND VILOYATIDA KO‘MIR TA’MINOTI IZCHIL TASHKIL ETILMOQDA
Nashr qilingan sana: 29.06.2026 18:27:59Ayni kunlarda mamlakatimizda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada aholi, budjet tashkilotlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini qattiq yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda..
.png)
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari O. Ismailov ishtirokida Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Viloyatda “Ko‘mir ta’minot” MChJ filiali, 8 ta hududiy ko‘mir ombori va 2 ta savdo shaxobchasi faoliyat yuritmoqda. Ular orqali budjet tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi ijtimoiy ob’ektlar hamda aholiga ko‘mir yetkazib beriladi.
Joriy mavsumda viloyatdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy muassasalar uchun 72,4 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosidagi 402 ta ob’ekt uchun 8,5 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 114 ta mahallada yashovchi aholi ehtiyoji uchun 167,5 ming tonna 2BZR markali mahalliy ko‘mir ajratiladi.
Ko‘mir taqsimoti Mycoal.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ehtiyojlar mahalla raislari va hokim yordamchilari tomonidan shakllantiriladi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida ko‘mirni qabul qilish, saqlash va manzilli yetkazib berish ishlari to‘liq tashkil etilgan. Rejaga muvofiq, avgust oyiga qadar budjet tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi ob’ektlarga mahalliy ko‘mirni to‘liq yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, zarur zaxiralarni oldindan shakllantirish va iste’molchilarni uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
Shovot ko‘mir omboridagi holatga oydinlik kiritildi
Ayni kunlarda 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikadagi budjet tashkilotlarini mahalliy ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari izchi...
O'qish
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: fikrlar tinglandi, takliflar maʼqullandi
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning bi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ta'sis yig‘ilishida...
O'qish
Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyati mehnat jamoalariga yetkazilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadb...
O'qish