Sarhisob: 2025-yilda ishlab chiqarish o‘sdi, raqamlashtirish va innovatsiyalar kengaydi
Nashr qilingan sana: 31.03.2026 13:37:25.jpg)
2026-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Erkin Yoqubov jamiyat faoliyatining asosiy natijalari, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, jamiyat tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari barqaror ta’minlangan. Xususan, 7 million 137 ming tonna ko‘mir qazib chiqarilib, belgilangan prognoz 105 foizga bajarilgan. Ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlarda qariyb 1 trillion 868 milliard so‘mni tashkil etib, reja ortig‘i bilan bajarilgan.
Shu bilan birga, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha barcha vazifalar to‘liq ijro etildi. 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun aholi va budjet tashkilotlari 100 foiz ko‘mir bilan ta’minlandi. Bu jarayonda shaffoflikni ta’minlash maqsadida “mycoal.uz” elektron platforma orqali sotuv tizimi samarali yo‘lga qo‘yildi.
Yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshirildi, yoqilg‘i va energiya resurslaridan tejamkor foydalanish ta’minlandi hamda ekologik ta’sir kamaytirildi. Texnikalarga GPS tizimlari joriy qilinib, nazorat kuchaytirildi, zamonaviy radioaloqa vositalari ishga tushirildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasi sarfi qisqartirildi. Xodimlarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. 2025-yilda o‘rtacha ish haqi 15,9 foizga oshirilib, 7,3 million so‘mga yetkazildi va yil yakunida esa xodimlarga salmoqli miqdorda mukofot pullari to‘landi.
Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, elektron hujjat aylanishi va raqamli nazorat mexanizmlari takomillashtirildi.
Mas’ullar qayd etganidek, 2026-yilda jamiyat oldiga yanada keng qamrovli vazifalar qo‘yilgan. Xususan, joriy yilda 36 367,0 ming metr kub hajmda kon ustki qismini ochish va 5,7 million tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan. Asosiy iste’molchilarga birinchi yarim yillikda 3,4 million tonnadan ziyod ko‘mir yetkazib beriladi.
Energiya va yoqilg‘i resurslaridan samarali foydalanish hisobidan birinchi yarim yillikda 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni iqtisod qilish, shuningdek, yuzlab tonna dizel yoqilg‘isini tejash va 3 million kilovatt-soatdan ziyod elektr energiyasini saqlab qolish ko‘zda tutilgan.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish kengaytirilib, birinchi yarim yillikda 3,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida mutasaddilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardilar.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
“Avtomobilsiz kun”: – bir kunlik tashabbus – doimiy odat
Ba’zan katta o‘zgarish uchun juda katta ish qilish shart emas. Bir kunga bo‘lsa ham xizmat avtomobilidan voz kechish, piyoda yurish yoki jamoat transportidan foydalan...
O'qish
“Avtomobilsiz kun”: sog‘lom turmush va toza atrof-muhit sari
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Avtomobilsiz kun» aksiyasining navbatdagi kuni. Har oyning 10- va 25-sanalarida tashkil etiladigan mazkur tashabbusdan ko‘zlan...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ quyidagi xaridlar bo‘yicha tanlovlar e’lon qiladi
E’LON | XARID LOTLARI “O‘zbekko‘mir” AJ xt-xarid.uz elektron platformasining “Eng maqbul takliflarni tanlash” ilovasi orqali jamiyat ehtiyojlari uchun quyidagi xaridla...
O'qish
Alifbodagi islohot: raqamli kelajak sari yana bir qadam
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Endi hujjat Senat...
O'qish