Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
Nashr qilingan sana: 09.10.2026 13:23:45
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan seminar-yig‘ilishlar muntazam o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlar jamiyatning “Transport” hamda “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiallarida ham tashkil etildi.
Seminarlarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 22 iyundagi O‘RQ–1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirlar davomida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarining ahamiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish, korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmlari, xabar bergan shaxslarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Seminarlar doirasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hamda jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xabardorlik darajasi ham o‘rganildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, xodimlar mas’uliyatini oshirish hamda halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish