Shaffoflik sari yana bir qadam
Nashr qilingan sana: 10.01.2023 04:27:36
"Oʻzbekkoʻmir" AJ filiallarida mavjud boʻsh ish oʻrinlariga oʻtish uchun korxona rasmiy veb- saytidan ariza topshirgan ishchilarning nomzodlari oʻrnatilgan yangi sistema boʻyicha koʻrib chiqildi.
2022 yilda ishga tushirilgan yangi tizim oshkoralik va korrupsion omillarni minimallashtirish tamoyillari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, sayt orqali ariza yuborgan 100 dan oshiq nomzoddan 12 tasining hujjatlari tanlangan vakansiya talablariga mos keldi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan 6 nafar nomzod tanlagan boshqa ishga oʻtishi boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan ijobiy qarorlar qabul qilindi.
Men ushbu sinov jarayonlarini kuzatib, shu narsaga amin boʻldimki, maʼmuriyat masʼullari bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda va korruputsiyaga qarshi kurashishni taʼminlashda yana bir qadam olgʻa quyilmoqda.
Ikki bosqichda oʻtkazilgan sinovlarda 12 kishi qatnashdi. Birinchi bosqichda talabgorlar test topshirdilar, undan muvaffaqiyatli oʻtganlar komissiya aʼzolari bergan savollarga javob berib oʻz bilimlarini namoyish qildilar.
"Angren" koʻmir koni ekskavator mashinisti yordamchisi Eldor Sarmanov ekskavator mashinisti lavozimiga nomzod sifatida barcha savollarga aniq javob berib, sinovda eng yuqori natijaga erishdi, "Qurilish montaj ishlari" filiali qorovuli Shavkat Haytmatov elektron sayt orqali "Angren" koʻmir koni tomonidan qoʻyilgan vakant lavozim ‒elektr chilangarlikda oʻzini sinab koʻrib, sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi va shu kasbda ishlash uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
"Temir yoʻl transporti" filiali bosh muhandisning texnika xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga shu filial temir yoʻl ustasi Azim Eliboyev oʻz nomzodini ilgari surgan edi. U test sinovidan aʼlo darajada oʻtdi va oʻzining nazariy bilimlari kuchli ekanligini koʻrsatib ushbu lavozimda ishlash boʻyicha komissiya yoʻllanmasini oldi.
Ushbu filialda Azim Eliboyevning akasi xizmat boshligʻi lavozimida ishlaydi. Shu boisdan Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshligʻi N.Yuldasheva unga manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yuzasidan kerakli maslahatlar berib oʻtdi.
Xodimlarni ularning oʻz xohishlariga koʻra kasbdan kasbga oʻtkazish boʻyicha sinov natijalaridan hech kim norizo boʻlmadi, nazarimda. Sababi, hammasi ularning oʻz bilimiga bogʻliq ekanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi. Endilikda ishga qabul jarayonini ham huddi shunday ‒ ikki bosqichli sinov tarzida yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq. Ana shunda hech qanday ortiqcha gap-soʻzlarga hojat qolmaydi. Jamiyat filiallari jamoalari bilimli, tajribali va mehnatkash xodimlar hisobidan shakllanadi.
Qutlugʻ Teshaboyev,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish