Tadbirkor mahalliy koʻmirni birjadan sotib olishi mumkin
Nashr qilingan sana: 01.02.2023 08:15:54Ijtimoiy tarmoqda "Fargʻona viloyati Sӯx tumani "Qizilqiyoq" mahallasida joylashgan "Baxti Saidi Sӯxi" xususiy korxonasi rahbari Yunusjon Karimjonov qariyb ikki yildan buyon faoliyatini boshlolmay sarson" jumlalari bilan boshlangan tanqidiy post eʼlon qilindi.
Unda jumladan, "Baxti Saidi Sӯxi" xususiy korxonasida briket ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilgani, ammo arzon xomashyo yoʻqligi uchun ish toʻxtab qolgani, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan ushbu xomashyo imtiyozli narxlarda berilmayotgani bayon qilingan.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati ushbu chiqish yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Jamiyat tomonidan qazib olinayotgan koʻmir mahsuloti Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan balans asosida, issiqlik elektr stansiyalariga, byudjet tashkilotlari va aholi isteʼmolchilari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladi, shuningdek, muayyan mahsulot birja savdolariga chiqariladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tadbirkorlar, shu jumladan, "Baxti Saidi Sӯxi"xususiy korxonasi ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mahalliy koʻmir mahsulotini faqat birja savdolari orqali sotib olishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish