Test sinovlari kompyuterda o‘tkaziladi
Nashr qilingan sana: 22.05.2024 08:58:40“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida muttaxassislarni ishga qabul qilishda malaka imtihoni yuzasidan test sinovlari endilikda maxsus dasturiy ta’minot yordamida kompyuterda o‘tkaziladi.
Shu paytgacha jamiyatda test sinovlari qog‘ozda o‘tkazilar edi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish esa sinovlarni adolatli tashkil etish, talabgorlarga yanada qulaylik yaratish va vaqtni tejash imkonini beradi.
Test sinovlariga pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan kelish talab qilinadi. Bunday hujjatsiz kelgan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi.
Test sinovlari talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.
Quyidagi havolaga kiring va kompyuterda test topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing 👇
https://t.me/uzbekcoaluz/13267
👉 https://www.youtube.com/watch?v=lX_rO1OPUeM
👉 https://fb.watch/sdJKRE_Nuq/
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish