Oʻquv markazi qachon va qanday tashkil etilgan?
Nashr qilingan sana: 06.07.2023 23:34:05Bundan yigirma yildan koʻproq vaqt avval, aniqrogʻi, 2002 yilda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining Angren konchilari uchun Oʻquv markazi ochilgan edi. Ushbu xayrli ishda Toʻychi Mutalimovich Mutalimov tashabbus va tashkilotchilik koʻrsatganini yoshi katta konchilar yaxshi bilishadi.
T.Mutalimov, avvalo, koʻzga koʻringan chinakam ustoz. U koʻmir sanoatida ishlaydigan har qanday mutaxassis kuchli nazariy bilim va boy sanoat tajribasini mohirona birlashtirishi kerak, deb hisoblaydi. Qolaversa, 1943 yilni Angren oʻquv kombinatining chinakam tugʻilgan yili deb hisoblasak va bu yil 80 yillik yubileyi desak ham adashmaymiz.
– Angren konchilari hamisha kadrlarga, ularning kasbiy saviyasiga juda yuqori talablar qoʻygan, – deydi T.Mutalimov. – Ustalar, mutaxassislar – mahalliy koʻmir sanoatida mehnat qilayotgan kishilarning ishbilarmonlik fazilatlarini mana shunday aniqlash kerak.
Oʻquv dargohi yoki mehnatkash yoshlar vakillarini tayyorlash markazini yaratish, toʻgʻrirogʻi, qayta tiklash gʻoyasi T.Mutalimovga 90-yillarning oxirida kelgan. Boʻlajak konchilar keyinchalik kasb-hunar bilim yurtlari – axborot texnologiyalari, kimyo va koʻmir sanoati kollejlarida tahsil oldilar, imtihonlarni topshirib, diplom olib, sanoat tarmoqlariga ishga kirishdi. Xullas, nazariy bilim bor, lekin amaliyot deyarli yoʻq edi. Shu sababli Oʻquv markazi ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzgartirish yoki yangi texnologiyalarni joriy etishda keng ishlab chiqarishga oʻqitish tizimi, qayta tayyorlash yoki tegishli kasbni olish kurslari bilan qayta tashkil etildi.
Keling, Angren shahri va Angrendagi koʻmir sanoati tarixiga nazar tashlaymiz. 1942 yil oxirida kadrlar bilan taʼminlash uchun zavod maktabi ‒ FZO tashkil etildi. Ushbu taʼlim maskani kadrlar tayyorlashda oʻz oʻrniga ega boʻlib, 1957 yilda 3-sonli ishlab chiqarish texnikumiga aylantirildi. FZO qayta tashkil etilgan maktab negizida 1943 yil mart oyida 17-sonli ikkinchi kasb-hunar bilim yurti ochildi. Shu tariqa Angren shahrida ilk bor oʻquv markazi ish boshladi ochildi. U . 1944 yil sentabr oyida kon qurilishiga kelgan yoshlar uchun ayni muddao edi. 1948 yilda "Oʻzbekshaxtaqurilish" tresti tarkibida 44-FZSH ochilib, tez orada 3-konchilik bilim yurti nomini oldi.
1949 yil sentyabrda Angren shahrida Toshkent kon texnikumining boʻlimi ochildi, 1956 yilda bu yerda kechki konchilik texnikumi ish boshladi. 1959 yilda Toshkent politexnika institutining umumiy texnika fakultetining ochilishi ish joyida oliy maʼlumot olish imkoniyatini berdi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ qoshida zamonaviy Oʻquv markazini tashkil etishda hamma narsa muhim edi: tajribali oʻqituvchilar va oʻqishni istaganlar yetarli boʻlgan va oʻquv markazi taʼlim jarayonida oʻz oʻquvchilarini ishlab chiqarish amaliyoti payti ogʻir kon texnikalari ‒ BelAZ kon samosvallari, ekskavator, buldozer, traktor va boshqa texnika mexanizmlari va ularning xususiyatlari bilan muvaffaqiyatli tanishtira oldi. Yigirma yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan oʻqituvchilar yosh va boʻljak mutaxassislarga konchilik sir-asrorlarini oʻrgata oldi.
Oʻtgan davr mobaynida oʻquv markazida juda koʻp turli xil mutaxassislar chiqib ketishdi. Markazning laboratoriyasi uchun hozirgi TKUSZ (Togʻ-kon uskunalarini sozlash zavodi)da ekskavatorlar, konveyer liniyalari, elektr inshootlari, minora va koʻprikli kranlarining hozirgi kunda ham foydalansa boʻladigan maketlari tayyorlangan. Yosh konchilar haqiqiy kon texnikalari ruliga oʻtirishdan oldin ana shu mini mashina-mexanizmlar asosida saboq oldilar. Oʻquv qurollari, jumladan, keng texnik kutubxona ham oʻquvchilar xizmatida boʻlgan.
Yaqinda ishchi yoshlarni oʻqitish uchun filiallar xodimlari - prorablar, uchastka boshliqlariga ruxsat berildi. Oʻquv markazining asosi ham, shiori shunday ‒ oʻqish, bilim, tajriba!
Diana ANDREYEVA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish