Xitoylik mutaxassislar va talabalar “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati bilan tanishdi
Nashr qilingan sana: 20.07.2026 12:30:092026-yil 17-iyul kuni Xitoy konchilik va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi.
Toshkent davlat texnika universitetining t “Yozgi maktab” dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda mehmonlar jamiyatning ishlab chiqarish faoliyati, ko‘mir qazib olish va qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
“O‘zbekko‘mir” AJ geologiya-marksheyderlik bo'limi vakili Erkin Jo‘rayev tomonidan geologik-qidiruv ishlari, ko‘mir qatlamlarining xususiyatlari, konni o‘zlashtirish jarayonlari hamda korxonada amalga oshirilayotgan zamonaviy geologik yechimlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuv ilmiy-amaliy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda konchilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Oxirgi yangiliklar:
Ommaviy sport: sog‘lom jamoa – yuksak natijalar garovi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siy...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi
2026-yil 22-iyul kuni soat 15:00da “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yilligi yakunlari yuzasidan brifing...
O'qish
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish