Xalqaro tadbirlar ‒ tajriba, muloqot va yangi imkoniyatlar maydoni
Nashr qilingan sana: 23.09.2026 13:45:38Bugungi kunda xalqaro tadbirlar har bir soha mutaxassisi uchun muhim tajriba va muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, energetika va energiya samaradorligi kabi strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanlar turli mamlakatlar tajribasini o‘rganish, zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish va soha oldida turgan umumiy vazifalar bo‘yicha fikr almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday tadbirlarning yana bir muhim jihati ‒ unda nafaqat nazariy masalalar, balki amaliyotda o‘z samarasini bergan yondashuvlar muhokama qilinadi. Turli davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda soha mutaxassislarining bir maydonda jamlanishi esa yangi hamkorliklar uchun zamin yaratadi.
2026-yilning 22-sentabr kuni poytaxtimizda ana shunday mazmun va ahamiyatga ega xalqaro tadbirda ishtirok etdik. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy energiya samaradorligi agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda jamoat binolarining energiya samaradorligi salohiyatini ochib berish ‒ energiya auditlari” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Tadbirda energiya samaradorligi, energiya auditlarini tashkil etish va sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda energiya servis kompaniyalari (ESCO) bozorini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Men uchun tadbirning eng qiziqarli jihatlaridan biri ‒ xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish va energiya samaradorligiga turli davlatlarda qanday yondashilayotganini eshitish bo‘ldi. Bunday muloqotlar soha mutaxassisi sifatida o‘z ishimizga boshqacha nazar bilan qarash, yangi g‘oyalar olish va amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan yechimlarni izlashga undaydi.
Tadbir doirasida Milliy energiya samaradorligi agentligi hamda Slovakiya innovatsiya va energetika agentligi (SIEA) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangani ham xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bu hamkorlik ilg‘or tajribalarni o‘rganish, energiya auditlari sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va sohaning institutsional salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.
Tadbirda muhokama qilingan masalalar “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati uchun ham bevosita ahamiyatli, deb hisoblayman. Chunki yirik ishlab chiqarish korxonasida energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish ‒ xarajatlarni maqbullashtirish bilan bir qatorda, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish uchun ham muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, energiya auditlarini samarali tashkil etish, mutaxassislarning malakasini oshirish va xalqaro tajribadan unumli foydalanish biz uchun ham muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Tadbirdan olgan eng katta taassurotim ‒ energiya samaradorligi bugun alohida bir korxona yoki bir davlat doirasida hal qilinadigan masala emasligi. Bu sohada xalqaro tajriba, ochiq muloqot va hamkorlikning o‘rni tobora ortib bormoqda.
Bunday nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish esa bizga nafaqat yangi bilim va tajriba, balki o‘z faoliyatimizga yangi nigoh bilan qarash imkonini ham beradi. Eng muhimi, olingan tajribani amaliyotga tatbiq etish va uni korxonamiz faoliyatida samarali natijaga aylantirishdir.
Feruza ShAMSUDDINOVA,
“O‘zbekko‘mir” AJ energomenejeri
(2).jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish