Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
Nashr qilingan sana: 26.02.2026 09:50:33O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 16-fevraldagi Farmoni ushbu sohada zamonaviy milliy sifat infratuzilmasini shakllantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Farmonda islohotning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan: formal nazoratdan voz kechish va risk-oriyentirlangan yondashuvni joriy etish, sanoatda xalqaro standartlarni qo‘llash, milliy sifat infratuzilma institutlarida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, sanoat metrologiyasi, o‘lchov vositalari verifikatsiyasi va kalibrovkasidan keng foydalanish. Shuningdek, tadbirkorlik va iste’molchilarning barcha qatlamlarini qamrab oluvchi «sifat madaniyati»ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ uchun bu sanoat metrologiyasi, o‘lchov vositalari kalibrovkasi va verifikatsiyasiga o‘tishni anglatadi, bu esa hisob-kitobning aniqligi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Formal nazoratdan voz kechib, Xavfga asoslangan yondashuvni joriy etish ishlab chiqarish jarayonlari mas’uliyati va shaffofligini oshiradi.
Yangi talablarni joriy etish ish samaradorligini yaxshilash, iste’mol-chilar ishonchini mustahkamlash va Korxonaning mahsuloti raqobat-bardoshligini oshirish imkonini be-radi. Ugol sanoatida o‘lchovlarning aniqligi, laboratoriya sinovlarining to‘g‘riligi va texnik talablarga rioya qilish – ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida, ya’ni ko‘mirni qazib olish va boyitishdan to uni transporti va iste’molchiga yetkazishga qadar katta ahamiyatga ega.
2027-yil 1-yanvardan boshlab texnik reglamentlar talablariga tushadigan mahsulotlar uchun milliy muvofiqlik belgisi — «Conformity Uzbekistan» joriy etiladi hamda muvofiqlikni baholash ishlari xavf-xatarga asoslangan yondashuv asosida amalga oshiriladi. 2026-yil 1-maydan boshlab har qanday darajadagi standartlar xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda ixtiyoriy ravishda qo‘llaniladi. 2027-yildan esa texnik reglamentlarni qabul qilish ishlab chiqarish, tadbirkorlik va mahsulot xavfsizligiga ta’sirini zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda majburiy baholash bilan birga amalga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlarni joriy etish “O‘zbekko‘mir” AJda ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash, energiya samaradorligini oshi-rish, ekologik xavfsizlikni ta’-minlash va ichki hamda tashqi bozorlarda mahsulotning raqo-batbardoshligini oshirish imkonini be-radi. Yangi tizimlar mutaxassislar ma-lakasini oshirish va zamonaviy sifat boshqaruv tizimlarini joriy etish uchun ham qulaylik yaratadi.
Metrologiya sohasidagi islohotlar eski usuldagi o‘lchov vositalarini tek-shirishdan voz kechish va kalibrovkaga o‘tishni nazarda tutadi. Xalqaro o‘lchov va vazn byurosi tomonidan tan olingan laboratoriyalar kalibrovka imkoniyatlari majburiy akkreditatsiyadan ozod eti-ladi. Akkreditatsiya tizimi mustaqillik va adolatlilikni ta’minlash uchun isloh qilinadi, xususiy laboratoriyalar va sertifikatlashtiruvchi organlar uchun shaffof shart-sharoitlar yaratiladi.
Shu tariqa, boshlangan islohotlar “O‘zbekko‘mir” AJning tizimli rivoj-lanishi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish jarayonlarining shaffofligi va xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun mustahkam platformani yaratadi.
Yuliya OSMANOVA,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh metrologi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish