“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!”
Nashr qilingan sana: 01.09.2023 02:06:14Ana shu shiordan kelib chiqib, 2023-yil 1-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi e’lon qilinganining 32 yilligini tantanali ravishda nishonlanmoqda.
Mustaqillik g‘oyasi eng oliyjanob va sof, samimiy tuyg‘udir. Zero, bu tuyg‘ular faqat va faqat ezgu ishlar va yangilanishlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, ularda insoniy mehr-muruvvat, yaqinlarni asrash, baxtli-saodatli, sog‘lom va mazmunli umr kechirish g‘oyalari ilgari suriladi.
Bizning konchilarimiz ham oʻz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifasi, yurtimiz energetika sohasi uchun uzluksiz ko‘mir qazib olib, kunu tun, turli ob-havo sharoitlariga qaramay, aholiga, byudjet tashkilotlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga qattiq yoqilg‘i yetkazib berishdek qiyin va mas’uliyatli vazifada tajribali, yuqori malakali mutaxassislarimiz o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Qadrli hamkasblar, aziz do‘stlar! Barchangizni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati va ko‘p minglik mehnat jamoasi nomidan O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tilayman!
Vladimir KUZNETSOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Ijtimoiy masalalar muhokama etildi
14-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosari, Ij...
O'qish
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish