Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz konchilar!
Nashr qilingan sana: 31.12.2024 02:05:12
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar!
Angren va uning barcha aholisi taqdiri ko‘mir sanoati bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu soha mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining garovi bo‘lib, Siz konchilar O‘zbekistonning energetik mustaqilligini ta’min-lashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘mir sanoati tobora rivojlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham yoqilg‘i qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmlari yil sayin ortib bormoqda. Yakunlanayotgan 2024-yil ham muvaffaqiyatli kechdi. Sizning mashaqqatli mehnatingiz tufayli ilk bor 6,7 million tonnalik marra zabt etildi, yillik reja muddatidan oldin ortig‘i bilan bajarildi. Buning uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman. Ko‘mir qazib olishni ko‘paytirish, bu nafaqat iste’molchilarning o‘sib borayotgan talabini qondirish, balki aksiyadorlik jamiyatimiz ravnaqini ta’minlashga, konchilar moddiy manfaatdorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Jamiyat tomonidan ko‘mir qazib olish ko‘rsatkichlarini 2025-yilda 7,0 million tonnaga, 2030-yilgacha esa 10 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, biz bu vazifalarning uddasidan chiqamiz.
Hurmatli konchilar! Sizni eng sevimli oilaviy bayram bo‘lgan Yangi ‒ 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Odamlarni yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlashdek ezgu maqsadga qaratilgan fidokorona mehnatingiz uchun yana bir bor tashakkur! Kirib kelayotgan yangi yil ham omadli bo‘lsin, orzularingiz va maqsadlaringiz amalga oshsin! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga baxt, yangi yutuqlar tilayman.
Vladimir KUZNETSOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Axb...
O'qish
"O'zbekko‘mir" AJ Yoshlar ittifoqi Yetakchilari Kengashi raisi D. Abdurahmonovning bayram tabrigi
Aziz va g‘ayratli yoshlar! Sizlarni har yili nishonlanadigan bayram — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Yurtimiz kelajagi bo‘lmish siz aziz yoshla...
O'qish
Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi
“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissan...
O'qish
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi A. Qayumovning bayram tabrigi
30-Iyun – Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! Hurmatli “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining fidoyi, g‘ayratli va izlanuvchan yoshlari! Sizlarni 30-iyun — Yoshlar k...
O'qish