Ha. 2026-yil 1-iyundan boshlab ko‘mir narxlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilingan. Ko‘mir mahsulotlarini realizatsiya qilishda bozor tamoyillari joriy etilgan.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘mir mahsulotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-xomashyo birjalari orqali sotiladi. Narxlar bozor tamoyillari, ya’ni talab va taklif asosida shakllanadi.
Aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan barqaror ta’minlash uchun ko‘mir qazib chiqaruvchilarning mahsulotlari birja savdolarida alohida savdo maydonchalari orqali yetkazib beruvchi ta’minot korxonalariga sotiladi.
Yo‘q. Aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish uchun mas’ul tadbirkorlar birjada sotib olingan mahalliy ko‘mirga ortiqcha ustama va ortiqcha xarajatlar qo‘llamasligi belgilangan.
Ko‘mir bozorida ustun mavqedan foydalanish, narxni asossiz oshirish yoki ortiqcha ustama qo‘llash holatlari ustidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan nazorat amalga oshiriladi.
II. AHOLI UCHUN KO‘MIR XARIDI VA MYCOAL.UZ PORTAL
Aholi “mycoal.uz” interaktiv portalida ro‘yxatdan o‘tadi. Portalda ko‘mirning sifati va narxi bo‘yicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlab, buyurtma shakllantiradi.
Portal orqali aholi ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishi, ko‘mir yetkazib beruvchi tadbirkorni tanlashi, buyurtma berishi, ko‘mirni yetkazib berish yoki umumiy tarqatish punktidan olib ketish usulini tanlashi hamda buyurtma bajarilganini tasdiqlashi mumkin.
Ha. Aholi “mycoal.uz” portalida mavjud takliflar orasidan ko‘mirning sifati va narxi bo‘yicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlaydi.
Har bir hududda aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish uchun 3 ta va undan ortiq tadbirkorlik subyekti ro‘yxati shakllantiriladi.
Joriy kuz-qish mavsumi davomida ta’minotchini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan aholi va budjet tashkilotlariga “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan ko‘mir kafolatlangan tarzda yetkazib beriladi.
III. KO‘MIRNI YETKAZIB BERISH, TO‘LOV VA QABUL QILISH
Ha. Aholi buyurtma shakllantirish jarayonida ko‘mirni yashash yoki boshqa manzilgacha yetkazib berish xizmatini tanlashi mumkin.
Ha. Buyurtma berish vaqtida iste’molchi ko‘mirni umumiy tarqatish punktidan olib ketish yoki tanlangan manzilga yetkazib berish xizmatini tanlashi mumkin.
Ko‘mirni iste’molchi manziliga yetkazib berish bilan bog‘liq transport xarajatlari ko‘mir qiymatidan alohida hisob-kitob qilinadi va iste’molchi tomonidan to‘lanadi.
Aholi buyurtmani qabul qilib olgandan so‘ng ko‘mir uchun to‘lovni to‘liq miqdorda amalga oshiradi. To‘lov ko‘mir yetkazib berilgandan so‘ng bir kun ichida amalga oshiriladi.
Ko‘mir buyurtma va shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladi.
Tadbirkor yetkazib berish muddati o‘zgargani haqida “mycoal.uz” portali orqali buyurtmachiga ma’lum qiladi. Agar buyurtmachi yangi sanaga rozi bo‘lmasa, buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.
Ko‘mir yetkazib berilgandan so‘ng “mycoal.uz” portali orqali yuborilgan SMS-xabardagi havola orqali buyurtmani qabul qilib olganingizni tasdiqlaysiz. Tasdiqlash SMS-xabarnoma olingan kunda amalga oshiriladi.
IV. KO‘MIR SIFATI, MIQDORI VA MUROJAATLAR
Iste’molchi “mycoal.uz” portali orqali yetkazib berilgan ko‘mir miqdori yuzasidan e’tiroz yoki taklif qoldirishi mumkin.
Iste’molchi “mycoal.uz” portali orqali ko‘mir sifati, tadbirkorning xizmat ko‘rsatish darajasi va boshqa holatlar yuzasidan shikoyat yoki taklif qoldirishi mumkin.
Ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalar ko‘mirni yuklash va jo‘natish jarayonida uning sifati hamda hujjatlashtirilgan miqdori uchun mas’ul hisoblanadi. Ko‘mirni xarid qilgan tadbirkor esa uni omborda sifatli saqlash va iste’molchiga belgilangan tartibda yetkazib berish uchun mas’ul hisoblanadi.
Ha. Aholi “mycoal.uz” portali orqali ko‘mir sifati, yetkazib berish, tadbirkorning xizmat ko‘rsatish darajasi va boshqa holatlar yuzasidan shikoyat yoki taklif qoldirishi mumkin.
V. IJTIMOIY REYESTR VA KOMPENSATSIYA
Ha. 2026–2027-yillarda “mycoal.uz” interaktiv portali yoki uning mobil ilovasi orqali ko‘mir xarid qilgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ko‘mir xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Bir kalendar yil davomida xarid qilingan har bir tonna ko‘mir uchun 300 ming so‘m hisobida kompensatsiya to‘lanadi. Bir oilaga bir kalendar yilida to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 600 ming so‘mdan oshmaydi.
Yo‘q. Ko‘mir “mycoal.uz” portali orqali xarid qilingani tasdiqlangandan so‘ng tegishli ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga taqdim etiladi. Oilaning Ijtimoiy reyestrda mavjudligi avtomatik tarzda tekshiriladi.
Kompensatsiya mablag‘lari belgilangan tartibda oilaning ijtimoiy kartasi yoki bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Kompensatsiya tayinlangan oydan keyingi oyning 4–27-sanalari davomida uni to‘lash uchun mablag‘lar moliyalashtiriladi. To‘lovlar esa to‘lov amalga oshiriladigan oyning 5–27-sanalari davomida amalga oshiriladi.
VI. BUDJET TASHKILOTLARI VA IMPORT KO‘MIRI
Budjet tashkilotlariga ko‘mir boshlang‘ich narxni pasaytirish usulida o‘tkaziladigan davlat xaridlarining elektron savdolari natijalariga ko‘ra yetkazib beriladi.
Aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy ko‘mir uchun respublikaning barcha hududlarida, tashish masofasidan qat’i nazar, yagona temir yo‘l tarifi qo‘llaniladi.
Ha. Import qilinadigan ko‘mir uchun ekologik va sifat talablari, jumladan kaloriyasi, namligi, kulliligi, tarkibidagi oltingugurt ulushi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha talablar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi belgilangan.
Import ko‘mirini O‘zbekiston hududiga faqat temir yo‘l transportida olib kirish belgilangan.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 5-sentabr