Angren ‒ O‘zbekiston ko‘mir sanoatining markazi!
Nashr qilingan sana: 13.06.2025 12:40:1113-iyun – kon zaxiralari boy, sanoati yuksak, tarixi sharafli Angren shahriga rasmiy asos solingan kun.
1946-yilning aynan shu kuni “Angrenshaxtstroy” posyolkasi viloyatga bo‘ysunuvchi Angren shahri maqomini oldi.
Angren shahrining shakllanishi bevosita ko‘mir sanoati bilan bog‘liq:
▪️ XX asr boshlarida qo‘ng‘ir ko‘mir konining qayta ochilishi sanoat rivoji uchun muhim asos bo‘ldi.
▪️ 1940-yilda “Toshkent–Stalinko‘mir” kon boshqarmasi tashkil topdi.
▪️ 1942-yilda Angrendagi konlardan ilk bor 30 tonna ko‘mir Toshkent masterskoylariga yuborildi.
▪️ 1946-yildan boshlab esa Angren shahrining barpo etilishi keng ko‘lamda davom etdi.
Geologlar, muhandislar, konchilar va yoshlar ishtirokida uy-joylar, ishlab chiqarish obyektlari, temir yo‘llar va ijtimoiy muassasalari qad rostladi.
Angren – “O‘zbekko‘mir” AJ beshigi, bugungi kunda ham mamlakatimiz ko‘mir sanoatining asosiy markazi bo‘lib qolmoqda.
Tug‘ilgan kuning muborak, Angren!
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik markazida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Kiberxavfsizlik: mutaxassislar va yoshlar muloqoti” mavzus...
O'qish
Har juma – milliy iftixor ifodasi!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu an’ana ijro apparatidanoq tortib filiallargacha izc...
O'qish
Raqamli yondoshuv – yangi zamonaviy imidj sari qadam
Yurt taraqqiyoti, uning tashqi va ichki imiji nafaqat siyosiy-iqtisodiy islohotlarga, balki ularning amalda qanday tatbiq etilayotganiga ham chambarchas bog‘liq. Yangi O‘...
O'qish