Koʻmir omborida sunʼiy navbat hosil qilishga yoʻl qoʻymang!
Nashr qilingan sana: 25.11.2022 03:22:10Ijtimoiy tarmoqda "Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yoʻq koʻmirga navbatni koʻring!" deb nomlangan videolavha tarqaldi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati ushbu videolavhadagi holatni oʻrganib chiqib, quyidagicha maʼlum qiladi:
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Namangan viloyat filiali tomonidan Uchqoʻrgʻon tuman aholi xonadonlariga jami 15,2 ming tonna (5,7 ming tonna import koʻmir olib keluvchi tadbirkorlar tomonidan taʼminlanadi) yetkazib berish belgilangan.
Bugungi kun holatiga Uchqoʻrgʻon tuman aholi xonadonlariga jami yil boshidan 11,9 ming tonna yoki 79 foizga yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning 23 noyabr kuni Uchqoʻrgʻon tuman koʻmir omboriga 10 ta vagonda jami 670 tonna mahalliy koʻmir mahsuloti yetkazib berilib, 23-24 noyabr kunlari tuman hokimligi vakili, tuman IIB, milliy gvardiya xodimlari, tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlim vakili va boshqa nazorat qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda tuman xokimligi tomonidan berilgan taqsimot asosida aholi isteʼmolchilariga tarqatilgan.
Hozirgi kunda Uchqoʻrgʻon tumanga aholi xonadonlari uchun yoʻlda yana 10 ta vagonda jami 693 tonna mahalliy koʻmir kirib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, aholi isteʼmolchilari uchun mahalliy koʻmir MYFlar taqdim etgan roʻyxat va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan grafik asosida tarqatiladi. Aholi isteʼmolchilaridan ushbu roʻyxat va grafikka amal qilishlari va sunʼiy navbat kelib chiqishiga yoʻl qoʻymasliklarini soʻraymiz.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi murosasiz munosabat – dolzarb mavzu sifatida
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filialining faollar zalida “Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzusid...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2025-yilning yanvar-may oylari davomida amalga oshirilgan ishlar
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yilning yanvar-may oylari davomida jami 2 211,9 ming tonna ko‘mir qazib olindi, bu rejaga nisbatan 101,4% ni tashkil...
O'qish
“Koinot” bolalar yozgi oromgohida yangi mavsum boshlandi
2025-yil 21-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Koinot” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida joriy mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...
O'qish
“Dolzarb 30 kun”: o‘quv mashg‘ulotlari ‒ xavfsizlik sinovi
Yurtimizda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirlari izchil olib borildi. Mazkur oylik doirasida “O‘zbekko‘mir” AJda ham...
O'qish