Koʻmir omborida sunʼiy navbat hosil qilishga yoʻl qoʻymang!
Nashr qilingan sana: 25.11.2022 03:22:10Ijtimoiy tarmoqda "Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yoʻq koʻmirga navbatni koʻring!" deb nomlangan videolavha tarqaldi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati ushbu videolavhadagi holatni oʻrganib chiqib, quyidagicha maʼlum qiladi:
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Namangan viloyat filiali tomonidan Uchqoʻrgʻon tuman aholi xonadonlariga jami 15,2 ming tonna (5,7 ming tonna import koʻmir olib keluvchi tadbirkorlar tomonidan taʼminlanadi) yetkazib berish belgilangan.
Bugungi kun holatiga Uchqoʻrgʻon tuman aholi xonadonlariga jami yil boshidan 11,9 ming tonna yoki 79 foizga yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning 23 noyabr kuni Uchqoʻrgʻon tuman koʻmir omboriga 10 ta vagonda jami 670 tonna mahalliy koʻmir mahsuloti yetkazib berilib, 23-24 noyabr kunlari tuman hokimligi vakili, tuman IIB, milliy gvardiya xodimlari, tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlim vakili va boshqa nazorat qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda tuman xokimligi tomonidan berilgan taqsimot asosida aholi isteʼmolchilariga tarqatilgan.
Hozirgi kunda Uchqoʻrgʻon tumanga aholi xonadonlari uchun yoʻlda yana 10 ta vagonda jami 693 tonna mahalliy koʻmir kirib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, aholi isteʼmolchilari uchun mahalliy koʻmir MYFlar taqdim etgan roʻyxat va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan grafik asosida tarqatiladi. Aholi isteʼmolchilaridan ushbu roʻyxat va grafikka amal qilishlari va sunʼiy navbat kelib chiqishiga yoʻl qoʻymasliklarini soʻraymiz.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish