Kommunikatsiya – samarali muloqot va hamkorlik poydevori
Nashr qilingan sana: 25.09.2025 13:27:50
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun кasbiy malaka oshirishga qaratilgan muhim tadbir – “Kommunikatsiya asoslari, inson hayotida kommunikatsiyaning tutgan o‘rni” mavzusida onlayn seminar-trening o‘tkazildi. Unga ish faoliyati yuzasidan xodimlar va murojaatchilar bilan ko‘p muloqot qiluvchi mutaxassislar jalb qlindi.
“Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotini Muhammad Al-Xorazmiy maktabi o‘qituvchisi Shahnoza Sultonova olib bordi. Kasbiy malaka oshirishga qaratilgan mazkur tadbir ishtirokchilar uchun muhim tajriba maydoni bo‘ldi.
25-sentyabr kuni ZOOM platformasida soat 10:00–13:00 oralig‘ida o‘tkazilgan mazkur seminarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Kommunikatsiya tushunchasi va uning inson hayotidagi beqiyos o‘rni;
🔹 Axborot almashish jarayonining asosiy unsurlari: manba (sender), qabul qiluvchi (recyeiver), xabar (message), kanal (channel) va aloqa/munosabat (feyedback);
🔹 To‘g‘ri va samarali muloqot orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, nizolarning oldini olish va jamoada birdamlikni kuchaytirish;
🔹 Og‘zaki nutq turlari – dialog va monologning turli ko‘rinishlari;
🔹 Jamoada sog‘lom muhitni yaratish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan faol fikr almashdilar, savollariga atroflicha javob oldilar. Bu ularga nazariy bilim bilan birga ishlab chiqarish va kundalik faoliyatda amaliy qo‘llanadigan ko‘nikmalarni ham berdi.

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha haqiqat va manzilsiz tanqidlarga rasmiy munosabat
“XXI asr” gazetasining shu yil 20-noyabrdagi sonida chop etilgan “Gap ko‘p-u, ko‘mir ozmi?!” sarlavhali maqolada aholini ko‘mir bilan ta’minlash masalalari bayon etilgan...
O'qish
Ko‘mir qazib olishda innovasion yondashuvlar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJ va MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida jamiyat mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uchra...
O'qish
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tizimli ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar...
O'qish
Aholiga arzonlshtirilgan mahalliy ko‘mir yetkazib berish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha bayonot
Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hudud aholisini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Vazirlar Mahkam...
O'qish