Yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 26.06.2025 17:45:362025-yil 26-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Qurulish-montaj ishlari” filiali jamoa zalida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent viloyati FVBning OYoXTTEB bo‘limi katta inspektori, katta leytenant A. Niyozov, “O‘zbekko‘mir” AJ OYoXTTEB kichik inspektorlari — 1-darajali serjantlar A. Mamatqulov va F. Yuldashev, Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i U. Irqabaev, FM va FV bo‘yicha bosh mutaxassis O‘. Inoyatov, MMQTvaSXvaE bo‘limi boshlig‘i A. Israilov hamda jamiyat filiallaridan 84 nafar bosh mutaxassis va muhandis-texnik xodim ishtirok etdi.
Tadbir avvalida A. Niyozov 2025-yil boshidan shu kungacha yurtimiz va Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inlar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish maqsadida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi” kunlari doirasidagi tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Korxonalarda yong‘in sodir bo‘lgan hollarda texnologik jihozlar, elektr moslamalari, nazorat-o‘lchov va himoya uskunalaridan foydalanish tartiblarini bilish nihoyatda muhimdir. Tadbir davomida bu bo‘yicha ham zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalari va ularga amal qilmaslik oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Seminar yakunlanishida yong‘in xavfsizligini targ‘ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. Ularda amaliy holatlar va yong‘in oqibatlari haqida ta’sirli tasvirlar orqali ishtirokchilarda mas’uliyat tuyg‘usi yanada kuchaytirildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Vazirlik xodimlari “Oʻzbekko‘mir” AJ faoliyati bilan tanishdilar
2025-yil 15-iyul kuni Toshkent viloyatida joylashgan “Oʻzbekko‘mir” AJ hududida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘td...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 6 oy mobaynida jami 2 mln 770,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi
“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: 6 OY MOBAYNIDA JAMI 2 MLN 770,8 MING TONNA KO‘MIR QAZIB OLINDI Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra "O‘zbekko‘mir" AJ faoliya...
O'qish
“Men qutqaruvchiman” musobaqasi o‘tkazildi
11-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli Ohangaron tumanida joylashgan “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning vaqtini mazmunli tashkil etish ma...
O'qish
Milliy liboslar kuni: an’ana va g‘urur uyg‘onishi
O‘zbek xalqi azaldan o‘z milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, hunarmandchiligi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, milliy liboslar ‒ xalqimizning tarixi, didi va o‘zl...
O'qish