Yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 26.06.2025 17:45:362025-yil 26-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Qurulish-montaj ishlari” filiali jamoa zalida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent viloyati FVBning OYoXTTEB bo‘limi katta inspektori, katta leytenant A. Niyozov, “O‘zbekko‘mir” AJ OYoXTTEB kichik inspektorlari — 1-darajali serjantlar A. Mamatqulov va F. Yuldashev, Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i U. Irqabaev, FM va FV bo‘yicha bosh mutaxassis O‘. Inoyatov, MMQTvaSXvaE bo‘limi boshlig‘i A. Israilov hamda jamiyat filiallaridan 84 nafar bosh mutaxassis va muhandis-texnik xodim ishtirok etdi.
Tadbir avvalida A. Niyozov 2025-yil boshidan shu kungacha yurtimiz va Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inlar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish maqsadida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi” kunlari doirasidagi tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Korxonalarda yong‘in sodir bo‘lgan hollarda texnologik jihozlar, elektr moslamalari, nazorat-o‘lchov va himoya uskunalaridan foydalanish tartiblarini bilish nihoyatda muhimdir. Tadbir davomida bu bo‘yicha ham zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalari va ularga amal qilmaslik oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Seminar yakunlanishida yong‘in xavfsizligini targ‘ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. Ularda amaliy holatlar va yong‘in oqibatlari haqida ta’sirli tasvirlar orqali ishtirokchilarda mas’uliyat tuyg‘usi yanada kuchaytirildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Ishchi-xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari topshirildi
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "O‘zbekko‘mir" AJ ishchi-xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari va maktab sumkalari topshirildi 2025/2026 o‘quv yili b...
O'qish
Voleybol musobaqasida quyidagi natijalarga erishildi
Erta tongdan start olgan voleybol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bellashuvlar yuqori ruhda, sportga xos halollik va jamoaviylik muhitida o‘tdi. Musobaqada ayollar va erka...
O'qish
Korrupsiyani oldini olish yuzasidan seminar o‘tkazildi
Korrupsiyaning oldini olish, uning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi, o‘g‘rilik, talon-torojlikka oid qonun...
O'qish
Voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaga start berildi
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi filiallar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaga start b...
O'qish