Mehnat kishisining qadri yanada baland bo‘ladi
Nashr qilingan sana: 31.12.2024 04:23:35Respublikamiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib bormoqda. Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, joriy yilda iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paydi. Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda.
Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida eshitgan har bir yurtdoshimizda ertangi kunga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanishi shubhasiz.
Aksiyadorlik jamiyatimizda ham yakunlanayotgan 2024-yilda ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. O‘z navbatida kunni tunga ulab fidokorona mehnat qilayotgan konchilarning manfaatdorligi ham tobora ortib bormoqda. Unumli mehnat qilish, mazmunli hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmoqda, Jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan ijtimoiy kafolatlar ta’minlanmoqda.
Ko‘p ming kishilik ulkan jamoamiz a’zolarining yaqinlashib kelayotgan yangi ‒ 2025-yildan umidi katta. O‘ylaymanki, biz oldimizga qo‘ygan ulkan marralarga erishamiz, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish orqali hayotimizni yanada yaxshilash, farovonligimizni tobora oshirishga erishamiz.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati faxriylari va xodimlarini 2025-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda barchaga omad, oilasiga baxt, mehnat faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilayman.
Abdunosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish