Mehnat kishisining qadri yanada baland bo‘ladi
Nashr qilingan sana: 31.12.2024 04:23:35.jpg)
Respublikamiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib bormoqda. Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, joriy yilda iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paydi. Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda.
Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida eshitgan har bir yurtdoshimizda ertangi kunga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanishi shubhasiz.
Aksiyadorlik jamiyatimizda ham yakunlanayotgan 2024-yilda ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. O‘z navbatida kunni tunga ulab fidokorona mehnat qilayotgan konchilarning manfaatdorligi ham tobora ortib bormoqda. Unumli mehnat qilish, mazmunli hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmoqda, Jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan ijtimoiy kafolatlar ta’minlanmoqda.
Ko‘p ming kishilik ulkan jamoamiz a’zolarining yaqinlashib kelayotgan yangi ‒ 2025-yildan umidi katta. O‘ylaymanki, biz oldimizga qo‘ygan ulkan marralarga erishamiz, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish orqali hayotimizni yanada yaxshilash, farovonligimizni tobora oshirishga erishamiz.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati faxriylari va xodimlarini 2025-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda barchaga omad, oilasiga baxt, mehnat faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilayman.
Abdunosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish