"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 18.04.2025 12:50:56.jpg)
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu musobaqada filialning turli bo‘limlaridan jami 17 ta jamoa ishtirok etdi.

Konchilar uchun tushlik dasturxoni yozildi. Barcha ishtirokchilarga osh tortildi hamda turli xil shirinliklar va pishiriqlar bilan mehmondo‘stlik ko‘rsatildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – 86-bo‘lim
2-o‘rin – 14-bo‘lim
3-o‘rin – 54-bo‘lim
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, jamoa ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.



Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish