"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 18.04.2025 12:50:56Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu musobaqada filialning turli bo‘limlaridan jami 17 ta jamoa ishtirok etdi.
Konchilar uchun tushlik dasturxoni yozildi. Barcha ishtirokchilarga osh tortildi hamda turli xil shirinliklar va pishiriqlar bilan mehmondo‘stlik ko‘rsatildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – 86-bo‘lim
2-o‘rin – 14-bo‘lim
3-o‘rin – 54-bo‘lim
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, jamoa ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish