"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 26.05.2026 16:29:16
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda
Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va ob’ektlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yong‘inlar hamda texnogen hodisalarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” profilaktik oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida “O‘zbekko‘mir” AJda ham tizimli ravishda targ‘ibot-tashviqot, profilaktik va amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jamiyat bosh direktori tomonidan 2026-yil 6-may kuni qabul qilingan 202-sonli ichki buyruq asosida barcha tarkibiy bo‘linmalar, ishlab chiqarish ob’ektlari hamda yordamchi xizmatlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirlar doirasida korxona rahbarlari, mas’ul mutaxassislar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida yig‘ilishlar, suhbatlar hamda amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda yoz mavsumida yong‘in xavfi ortishi, elektr tarmoqlari va uskunalaridan foydalanishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish, favqulodda holatlarda xodimlarning tezkor va to‘g‘ri harakatlanishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, ishlab chiqarish maydonlari, ma’muriy binolar va texnik inshootlarda mavjud yong‘inga qarshi vositalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularni soz holda saqlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ob’ektlarda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
.jpg)
Shuningdek, korxona hududlari va ularga tutash maydonlarni quruq o‘t-o‘lanlar, yonuvchan chiqindilar, eski yog‘och va boshqa xavf tug‘diruvchi omillardan tozalash ishlari ham jadallashtirildi. Bu borada barcha tarkibiy bo‘linmalarga aniq vazifalar yuklatilib, hududlarda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi nazoratga olindi.
Alohida ta’kidlash joizki, yozgi mavsum oldidan jamiyat tasarrufidagi “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ham xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Oromgohdagi elektr jihozlari, yong‘in xavfsizligi vositalari, suv ta’minoti tizimlari va evakuatsiya yo‘laklari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Bunday profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligini ta’minlash, eng muhimi, inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishdan iborat.
“Dolzarb 30 kun” oyligi doirasidagi profilaktik, targ‘ibot va amaliy tadbirlar joriy yilning 31 mayiga qadar davom etadi.
Ayni paytda barcha ob’ektlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish ishlari izchil nazoratga olingan.
.jpg)
O‘tkir Inoyatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?
Odatdan siyosatga aylanayotgan o‘zgarish Bugun hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy shahar hayoti, ishga yetib borish, xizmat ko‘rsatish va kundal...
O'qish
Ekologik xavfsizlik ustuvor vazifaga aylanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-son Farmoni bilan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi tas...
O'qish