1–30-iyul kunlari “Dolzarb 30 kun” profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 13.07.2026 18:01:25“Dolzarb 30 kun” profilaktika oyligi davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ishlab chiqarish obyektlarida sanoat va yong‘in xavfsizligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqaro muhofazasi tizimining shayligini oshirish maqsadida 1–30-iyul kunlari “Dolzarb 30 kun” profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda.
Profilaktika oyligi doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va maxsus texnikalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda mutasaddi bo‘linmalar bilan hamkorlikda nazorat reydlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Profilaktika oyligining asosiy maqsadi – ishlab chiqarish obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish hamda xavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirishdir.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish – har bir xodimning mas'uliyati va burchidir!
Oxirgi yangiliklar:
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
2026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi osti...
O'qish
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-yil 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy xomashyo bazas...
O'qish