2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Nashr qilingan sana: 27.04.2026 10:35:53Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida ijro apparati hamda tarkibiy filiallarda “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Maishiy korrupsiya ko‘rinishlari hamda ularning oldini olish – vazifamiz!” mavzularida profilaktik davra suhbatlari o‘tkazildi.
Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavfi mavjud bo‘lgan lavozimlarda ishlovchi xodimlardan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz bo‘lish, lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kafolat xatlari olindi.
2026-yil I chorak davomida jami 5718 ta deklaratsiya tahlil qilinib, 1 ta mavjud (to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuv) hamda 4 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi. Natijada:
– 1 ta holatda xodim o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf etildi;
– 2 ta ehtimoliy holat xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish orqali bartaraf etildi;
– 2 ta holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Deklaratsiyalar tahlili jarayonida tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etayotgan 4 nafar xodimga manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli tushuntirilib, ogohlantirildi. Natijada 3 nafar xodim tadbirkorlikdagi ta’sischilik va rahbarlik faoliyatini to‘xtatdi, 1 nafar xodim esa o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori talablariga muvofiq, joriy yilda jamiyat markaziy apparati va filiallari faoliyatiga oid 16 ta funksiya bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, baholash natijalari “E-anticor.uz” platformasiga joylashtirildi. Natijada xavf-xatarlar xaritasi va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi shakllantirildi.
Hisobot davrida jamiyat filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan 7 ta profilaktik tadbir, davra suhbati va seminarlar o‘tkazildi. Ularda aniqlangan holatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbirlar jamiyatning “uzbekcoaluz” Telegram kanalida yoritib borildi.
“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi” orqali ishga qabul qilingan N.F.ga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning taqdim etgan mehnat daftarchasidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. To‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborildi.
Hisob palatasining “Masofaviy audit” AAT orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida 6 nafar xodim bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. Jumladan:
– 1 nafar xodim (X.D.) bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotda ishlagani va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlanib, u lavozimidan ozod etildi;
– 3 nafar xodimning fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida qo‘shimcha faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘lib, ulardan 2 nafari bilan shartnoma bekor qilindi;
– 1 nafar xodim qo‘shimcha ish faoliyatini tugatdi;
– 1 nafar xodim bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Komplayens-nazorat xizmati tomonidan jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, deklaratsiyalarni tahlil qilish va ehtimoliy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
M.U. Abduraimov,
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati Komplayens inspektori
Oxirgi yangiliklar:
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish