Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 17.01.2026 18:37:51
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish ishlarini amalga oshirmoqda.
Ayni paytda Jamiyatga biriktirilgan Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida ham ushbu muhim davlat tadbiri jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
2026-yil 17-yanvar kuni Beshariq tumaniga biriktirilgan “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari E.O. Yakubov tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi shtab a’zolari bilan birgalikda xatlov tadbirlarining tashkiliy holati muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ro‘yxatga olish ishlarining samaradorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish hamda mas’ullarning vazifalarini aniq belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Oxirgi yangiliklar:
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish