Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida
Nashr qilingan sana: 12.06.2025 12:02:47“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida
XABARNOMA
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 9-iyundagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2025-yil 30-iyun kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol koʻchasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida oʻtkaziladi.
Yigʻilish soat 15:00da boshlanadi.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish soat 14:00dan boshlanadi.
Umumiy yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2025-yil 9-iyun holatiga tuziladi.
Umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2025-yil 24-iyun holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4. “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining 2024-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
5. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2024-yil bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2024-yil yakuni bo‘yicha tashqi auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.
7. “O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
8. Jamiyatning 2024-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.
9. Jamiyat aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
10. “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
11. “O‘zbekko‘mir”AJda ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish.
12. “O‘zbekko‘mir” AJning “Kuzatuv kengash to‘g‘risida”gi Nizomini tasdiqlash
13. “O‘zbekko‘mir” AJning “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi Nizomini tasdiqlash.
14. “O‘zbekko‘mir” AJning “Kuzatuv kengashini mukofotlash to‘g‘risida”gi Nizomini tasdiqlash.
15. “O‘zbekko‘mir” AJning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻlishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha maʼlumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol koʻchasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu eʼlon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefon: (+998 78) 150-39-80; faks: (+998 78) 150-39-89.
Elektron manzil: e-mail info@coal.uz, veb sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish