Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 582 yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 10.02.2023 05:08:37So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavallud topganiga 582 yil to‘ladi.
Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilyapti.
Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri "Oʻzbekkoʻmir" AJda tashkil etildi.
“Navoiy va Bobur qalblarda mangu barhayot” mavzusida tashkil etilgan tadbirda koʻmir sanoati ishchilari ishtirok etdi.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburdan avlodlarga ulkan, bebaho, tuganmas adabiy meros qoldi. Ulug‘ shoirlar o‘zlarining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos jozibasi borligini namoyon etdi. Zero, xalqimizning sevimli shoiri Abdulla Oripovning ushbu satrlari bejiz yozilmagan: “Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher”.
Tadbir davomida Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatri aktyorlarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.
Tadbir soʻngida xushovoz xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish